O‘zbekistonda bir kunda 300 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llandi

O‘zbekiston 11:41 / 03.08.2021 4216

O‘zbekistonda 2 avgust kuni koronavirusga qarshi 327 628 doza vaksina qo‘llandi. Shundan 243 493 doza birinchi bosqichda, 63 521 doza ikkinchi bosqichda va 20 614 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni kungacha O‘zbekistonda jami 8 009 376 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ularning 1 992 981 tasi ikkinchi dozada va 784 994 tasi uchinchi dozada qo‘llanilgan. Emlash jarayoniga qamrab olingan jami aholi soni 5 231 451 nafarni, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘linganlar soni esa 1 232 807 nafarni tashkil qilmoqda.

2 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (45 849 doza),
  • Andijon viloyati (35 948 doza),
  • Toshkent viloyati (32 780 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 1 016 629 doza,
  • Namangan viloyatida 1 008 929 doza,
  • Andijon viloyatida 889 893 dozani tashkil qilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: