Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi emlangani ma'lum qilindi

O‘zbekiston 11:40 / 02.08.2021 39423

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri prezident matbuot kotibiga “Davlat rahbari emlanish zarurligini muntazam ta'kidlab kelmoqda. Prezidentimizning o‘zi vaksina qabul qildimi, agar javob ijobiy bo‘lsa, u qanday turdagi vaksina?”, – deya savol berdi.

“Davlatimiz rahbari mas'uliyatli fuqaro sifatida vaksinatsiya jarayoniga jiddiy qaraganlar va emlanish muolajalarini to‘la qabul qilib bo‘lganlar. Prezidentimiz vaksina qabul qilayotgan vaqtlarida O‘zbekistonda uchta vaksina bo‘yicha emlash olib borilayotgandi, bular Xitoy va O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqilgan vaksina, “Sputnik V” va “AstraZeneka” vaksinalari edi. Davlat rahbari shu vaksinalardan birini qabul qilgan. 

Ayni paytda respublikamizda vaksinatsiya jarayoni jadal davom ettirilmoqda. Prezidentimiz xalqparvar rahbar sifatida fuqarolarni emlanishga da'vat etadi”, – dedi Sherzod Asadov savolga javoban.

Ko‘proq yangiliklar: