Samarqandda o‘tkazilgan tungi reydda 92 nafar huquqbuzar, 10 nafar fohishaga chora ko‘rildi

Jamiyat 17:17 / 02.08.2021 2955

Samarqand shahrida joriy yil 1 avgustdan 2 avgustga o‘tar tunda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ko‘plab huqubuzarliklar qilgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Ikkita holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 1 avgust kuni soat 00:00 dan so‘ng Samarqand shahrida o‘tkazilgan tungi reyd davomida:

  • 166 nafar shaxs xududiy IIBlarga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazilgan;
  • Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 92 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan;
  • 10 nafar fuqaroga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga (Fohishalik bilan shug‘ullanish) asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan;
  • Fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 2 ta holatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan;
  • 12 nafar fuqarodan o‘tkir tig‘li buyumlar hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, tungi tadbirlar davom ettiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: