Samarqandda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar ma'lum qilindi

O‘zbekiston 09:08 / 02.08.2021 2676

Samarqand viloyatida 2021/2022 o‘quv yilida oliygohlarga o‘qishga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar haqida ma'lumot berildi. Ma'lumotga ko‘ra imtihonlar Samarqand shahri va uning atrofidagi beshta stadionda bo‘lib o‘tadi.

1-HUDUD: Lokomotiv futbol stadioni

Manzil: Samarqand shahar, Depo ko‘chasi, 79-uy.

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/rmCdFcqSw6phGbJ87 

2-HUDUD: Camarqand shahar 2-son BO‘SM stadioni      

Manzil: Samarqand shahar, Sartepo maskani, Turkiston ko‘chasi, 105-uy.

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/vVAh6HBgvDpFAnaF8  

3-HUDUD: Samarqand Nurafshon futbol stadioni

Manzil: Samarqand shahar, Super qo‘rg‘oni, «Nurafshon» MFY

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/xBaLcC2EXFwmZx7M8      

 4-HUDUD: Samarqand tumani, BO‘SM futbol maydoni.

Manzil: Samarqand tumani, «Rustam» MFY, Rustam qishlog‘i.

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/XWam7PXo5YrgCPtk8

5-HUDUD: Jomboy tumani, BO‘SM futbol maydoni.

Manzil: Jomboy tuman, Toshkent ko‘chasi 7-uy.

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/nu3CuWACbMY59vMF8

Ma'lumot uchun, ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00dan, 2-smena 19:00dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda ham epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020/2021 o‘quv yili uchun test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: