Qarshida temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda transport harakati to‘xtab qolganiga izoh berildi

O‘zbekiston 09:19 / 02.08.2021 4027

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qarshi shahridagi temiryo‘l pereyezdlaridan birida avtotransport harakati to‘xtab qolganligi yuzasidan izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahriga kirish postlaridan birida poyezd to‘xtab qolgani sababli avtomashinalar shaharga kira olmayotganligi haqida videotasvir tarqaldi. 

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” korxonasi tarkibidagi Qarshi stansiyasi saralash parkidan jo‘natish parkiga 4130-km.dagi qo‘riqlanadigan pereyezd orqali Qozog‘istonning Aris stansiyasi yo‘nalishiga poyezd tortish jarayonida 4130-km.dagi qo‘riqlanadigan pereyezdda avtomashinalar qatnovi to‘xtab qolgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot-tahliliy media markazi ma'lumotiga ko‘ra, avtomobil transporti harakati qisqa vaqt ichida tiklangan.

Ko‘proq yangiliklar: