O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 3-5 avgust kunlari sel kelishi xavfi bor

O‘zbekiston 16:16 / 02.08.2021 3973

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma'lumotga ko‘ra, 3-5 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

FVV matbuot xizmati tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yashovchi aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirib, noxush vaziyatlar vujudga kelganda vazirlikning 1050 qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlandi. 

Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani tog‘li «Imomota» MFY hududlaridagi soyda 20 iyul kechasi kuchli sel bir qancha mashinalarni oqizib ketdi. 

22 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel keldi.

Ko‘proq yangiliklar: