Homilador va emizikli ayollar emlanmayotganiga izoh berildi

O‘zbekiston 15:56 / 02.08.2021 6801

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi.

«Buning asosiy sababi – koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda o‘tkazilmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talabiga ko‘ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o‘tkazilgan bo‘lsa, vaksinalar ham o‘sha qatlam orasida qilinishi lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o‘zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Masalan, sutemizuvchi hayvon – sigirlarda vaksinalar sinovdan o‘tkazildi, hozircha hech qanday nojo‘ya ta'sir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu – emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o‘tadi degani.

O‘ylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qo‘llash mumkin. Hozirgacha bo‘lgan tadqiqotlar nojo‘ya ta'siri yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda», dedi mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: