“O‘zbekneftgaz”: Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida Ustyurt regionidagi 24 ta quduqda burg‘ilash ishlari olib borildi va ishga tushirildi

O‘zbekiston 14:23 / 01.08.2021 4646

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ ishchi-xodimlari tomonidan 2021 yilda Respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan, mamlakatimizning olis hududi hisoblangan Ustyurt regionida ham geologiya-qidiruv ishlarini samarali amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Tabiiy gaz qazib chiqarish maqsadida, Maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan ushbu dasturga muvofiq, 2021 yilda Ustyurt regionida 2 ta yangi maydonda (Atau, Jagis) izlov burg‘ilash ishlarini boshlash, 48,0 ming pogon metr hajmda izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini amalga oshirish, 14 ta quduqni qurilish bilan tugatish, tabiiy gaz zaxiralari 10,0 mlrd kub metrga, suyuq uglevodorod zaxiralarini 300,0 ming tonnaga o‘stirish vazifasi belgilab berilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi-xodimlari tomonidan Ustyurt regionida hozirgi kunda jami 20 dan ortiq konda tabiiy gaz qazib chiqarish va geologiya-qidiruv ishlari olib borilayotgan bo‘lib, havo haroratining yuqori bo‘lishiga qaramay, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasida maqtovga arzigulik natijalarga erishilmoqda.

Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan hozirda, 8 ta kon 182 ta quduqda ishlab chiqarish jarayonlari davom ettirilmoqda va yana 12 ta konda geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

2021 yilda 3,5 mlrd kub metr tabiiy gaz va 55,6 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlarni bajarish uchun yangi 38 ta quduqni burg‘ilash, 70 ta quduqda kapital ta'mirlash va 8 ta texnologik obektlarni qurish va modernizatsiya qilish ishlari mo‘ljallangan.

Yanvar-iyul oylarida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha 1 ta yangi maydonda izlov burg‘ilash ishlari boshlandi (Atau-1), 12 ta izlov-qidiruv quduqlarida 22,0 ming pogon metr hajmda burg‘ilash ishlari amalga oshirildi, 3 ta quduqni qurilish bilan tugatildi, (Quyi Sharqiy Berdaq-1, Quyi Surgil-5, G‘arbiy Quyi Surgil-1) va tabiiy gaz zaxiralari 3,7 mlrd kub metrga, gaz kondensati zaxiralari 492,0 ming tonnaga o‘stirildi.

Tabiiy gaz qazib chiqarish 2,0 mlrd kub metrni (reja bajarilishi 105,9 foiz), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 113,2 foizni tashkil etdi, gaz kondensati qazib chiqarish ko‘rsatkichlari 32,6 ming tonna (101,6 foiz), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 102,4 foizni tashkil etdi.

Yuqoridagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida yangi 24 ta quduqda burg‘ilash ishlari olib borilib, ishlab chiqarishga qo‘shildi, 21 ta quduqlarda kapital ta'mirlash, intensifikatsiya va perforatsiya qilish ishlari bajarildi va 3 ta texnologik obektlar qurib ishlatishga tushirildi.

Shu bilan birga Ustyurt regionidagi yuqori samara berayotgan “Quyi Surgil” koni bo‘yicha barcha geologik ma'lumotlar chuqur tahlil qilinib, ushbu maydonning ilgari ma'lum bo‘lmagan yangi istiqbollari aniqlandi.

“Quyi Surgil” konining qo‘shimcha imkoniyatlarini baholash maqsadida 5-, 14- , 20- sonli quduqlar 4300 metr chuqurlikkacha burg‘ilanib, ilgari qazib chiqarishga jalb qilinmagan yangi mahsuldor qatlamlarni sinash ishlari natijasida har bir quduqdan kunlik o‘rtacha 1 mln kub metr tabiiy gaz va 10 tonnada gaz kondensati qazib olishga erishildi.

Hozirda Ustyurt regionidagi tabiiy gaz zaxiralarini o‘stirish va gaz qazib chiqarish bo‘yicha qo‘yilgan reja-topshiriqlarni bajarish maqsadida “Quyi Surgil” konida 2 ta yangi quduqni burg‘ilash va mavjud 2 ta quduqlarning tubini chuqurlashtirish hamda “G‘arbiy Quyi Surgil” konida 2-sonli izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlari boshlangan.

Regionda qazilayotgan har bir yangi quduq tabiiy gaz qazib chiqarishni ta'minlash borasida alohida ahamiyatga ega, ulardagi burg‘ilash ishlarining har bir jarayonlari oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, mukammal bajariladi va bu ishlarga barcha zarur resurslarni jalb etilgan. Burg‘ilash ishlari tugatilganidan so‘ng, quduqlardagi har bir mahsuldor qatlamlarni sinash ishlarini alohida dastur asosida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilda 39,8 km uzunlikdagi gaz quvuri qurib ishga tushirildi, shundan Dastur doirasida 31,4 km, “O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan 8,4 km. Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida Boshqarmada turli diametrli, uzunligi 62,7 km gaz quvurlari qurilishi belgilangan, shundan:
“Shimoliy Berdaq” konida gaz quvurlarini kengaytirish va past bosimli quduqlardan qazib olingan tabiiy gazni kompleks tozalash qurilmasiga alohida quvur orqali uzatish tizimini yaxshilash maqsadida 7,2 km, “Sharqiy Berdaq” gazni tayyorlash kompleksidan tovar gazni “O‘ztransgaz” magistral gaz quvurlariga uzatish tizimida gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish maqsadida diametri 22,0 km uzunlikdagi gaz quvur (Luping)larini qurish rejalashtirilgan.

“Shag‘irlik”, “Araliq” va “G‘arbiy Quyi Surgil” kabi istiqbolli konlarni ishga tushirish uchun konlardan qazib olingan tabiiy gazni kompleks tayyorlash qurilmalariga uzatish maqsadida diametri Ø426mm bo‘lgan 33,5 km uzunlikdagi gaz quvurlarini qurish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: