O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor

O‘zbekiston 16:14 / 01.08.2021 5317

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi mavjud, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet» .

Noxush vaziyatlar vujudga kelganda FVVning 1050 qisqa raqamiga murojaat etish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlandi. 

Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani tog‘li «Imomota» MFY hududlaridagi soyda 20 iyul kechasi kuchli sel bir qancha mashinalarni oqizib ketdi. 

22 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel keldi.

Ko‘proq yangiliklar: