O‘zbekistonda kunlik bemorlar soni 1400dan ortiq, o‘lim holatlari soni yuqoriligicha qolmoqda

O‘zbekiston 10:07 / 01.08.2021 22302

«2021 yil 31 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130216 (+889) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 85 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 97 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 93 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 76 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 53 nafari Xorazm viloyatida,
  • 95 nafari Toshkent viloyatida,
  • 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 512 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 nafar,
  • Andijon viloyatida 152 nafar,
  • Buxoro viloyatida 11 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 27 nafar,
  • Namangan viloyatida 31 nafar,
  • Samarqand viloyatida 82 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 33 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 95 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 77 nafar,
  • Xorazm viloyatida 60 nafar,
  • Toshkent viloyatida 75 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 123995 (+831) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 880 nafarni tashkil qildi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotgan kovid bemorlari soni 5,3 mingdan ortiq.

SSV 31 iyul kuni 512 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 10869taga yetgani haqida xabar berdi. So‘nggi bir kunda ularning 363 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 3934 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 73taga yetgan.

Ayni vaqtda shifoxonalarda pnevmoniyaga chalingan 6,8 mingdan ortiq bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: