Bahodir Jalolov yarimfinalga chiqdi va olimpiada medalini naqd qildi

Sport 09:59 / 01.08.2021 19770

O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori, boks jamoasining eng og‘ir vaznli vakili (+91 kg) Bahodir Jalolov chorakfinaldagi ishtirokini o‘tkazdi. Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib (5:0), yarimfinalga yo‘l oldi.

Boks bellashuvlarida yarimfinalda imkoniyatni boy bergan sportchi ham bronza medali bilan taqdirlanadi. Shu tufayli, Jalolov kamida bronza medalini naqd qildi.

Endi u 4 avgust kuni final yo‘llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark (u chorakfinalda fransiyalik Murod Aliyevni mag‘lub etdi) bilan jang qiladi.

O‘zbekiston boks jamoasining yana uch vakili turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda. Shahobiddin Zoirov (-52 kg) hamda Elnur Abduraimov (-63 kg) nimchorakfinal janglarida g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqishgan. 3 avgust kuni Zoirov filippinlik Karlo Paalamga qarshi, Abduraimov armanistonlik Hovannes Bachkovga qarshi ringga chiqadi. Shuningdek, -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova ham shu kuni chorakfinal doirasida braziliyalik Beatris Ferreyra bilan jang qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: