O‘zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi

O‘zbekiston 11:07 / 31.07.2021 26437

2021 yil fevral oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garrig Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi to‘rtta vertolyot xaridi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Foto: Uzbekistan Airways

Ma'lum bo‘lishicha, bu vertolyotlardan birinchisi 4 iyunda, ikkinchi 12 iyunda O‘zbekistonga yetib kelgan va shu kungacha rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgan.

Keltirilgan bu vertolyotlar H-125 modelda bo‘lib, oktabr oyida yetib kelishi rejalashtirilayotgan H-130 modeldagi qolgan ikkita vertolyot birmuncha yirikroq o‘lchamda bo‘ladi.

Foto: Uzbekistan Airways
Foto: Uzbekistan Airways

Bugun, 31 iyul kuni vertolyotlarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekistonda fuqarolik aviatsiyasining yangi yo‘nalishi ochilganidan darak beradi. Taqdimot marosimida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etdi.

Foto: Uzbekistan Airways
Ko‘proq yangiliklar: