«O‘zagrokimyohimoya» va hududiy «Agrokimyohimoya»lar tugatiladi

O‘zbekiston 08:28 / 31.07.2021 5944

Prezident tomonidan “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Hujjatga asosan:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etiladi;
  • Toshkent viloyatida o‘simliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini ko‘rsatuvchi Namunaviy markaz tashkil etiladi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasini tugatiladi;
  • “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar tugatiladi;
  • “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi va uning hududiy komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ushbu yo‘nalishda zarur ishlov berish texnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar xarid qilinishda davlat tomonidan 2024 yil 31 dekabrga qadar qo‘llab-quvvatlashning tartibi joriy qilinadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

a) quyidagilarning Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilinishini:

  • summasi 10 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmaydigan milliy valutada ajratiladigan kreditlar uchun foiz to‘lovlarining xarajatlari, MBning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 7 foiz punktdan ko‘p bo‘lmagan qismi;
  • tijorat banklari tomonidan ekvivalenti 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan xorijiy valutada ajratiladigan kreditlar uchun – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, biroq 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foiz;
  • b) ajratiladigan kredit ta'minotining 50 foizigacha, biroq 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik taqdim etilishini.
Ko‘proq yangiliklar: