Bugun O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi 

O‘zbekiston 08:06 / 31.07.2021 2070

Poytaxtda quyoshli ob-havo bo‘ladi. Havo 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘izistonga tutash hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 31 iyul kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Ko‘proq yangiliklar: