Budjet buyurtmachilari 141 mlrd so‘mlik 458ta tanlovda xarid qonunchiligiga amal qilmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish - Andijonda

O‘zbekiston 08:17 / 31.07.2021 10055

Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd so‘mlik 458ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Xususan:

  • Andijon viloyatida 34,4 mlrd so‘mlik (104ta);
  • Toshkent shahrida 19,5 mlrd so‘mlik (51ta);
  • Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik (50ta);
  • Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd so‘mlik (43ta);
  • Samarqand viloyatida 12,8 mlrd so‘mlik (50ta);
  • Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd so‘mlik (41ta); 
  • Jizzax viloyatida 8,3 mlrd so‘mlik (20ta);
  • Buxoro viloyatida 7,3 mlrd so‘mlik (33ta);
  • Xorazm viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik (18ta);
  • Navoiy viloyatida 5,2 mlrd so‘mlik (16ta);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd so‘mlik (11ta);
  • Namangan viloyatida 2,6 mlrd so‘mlik (11ta)
  • Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd so‘mlik (10ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgani ma'lum bo‘lgan.
Ko‘proq yangiliklar: