Baholovchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar qayta ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston 08:21 / 31.07.2021 3249

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Birinchidan, Prezidentning 23.07.2020 yildagi «Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6033-son Farmonida 7-bandning muayyan muddatga alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqiga, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnomani berish to‘g‘risidagi 2-xatboshisi chiqarib tashlandi.

Ikkinchidan, Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi nizomda (Prezidentning 24.04.2008 yildagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan) baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a'zosi bo‘lishi lozimligi belgilandi, tegishincha uning majburiyatlari ham qayta ko‘rib chiqildi. Aynan baholovchi tashkilot quyidagilarga amal qilishi belgilangan:

  • baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasida doimiy a'zolikda bo‘lishi lozim;
  • baholash ishlarini o‘tkazishga shartnomani tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga asosan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga a'zoligi to‘g‘risidagi ma'lumotni hamda baholovchi (baholovchilar) malaka sertifikatini taqdim etishi shart.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomda (Prezidentning 18.03.2017 yildagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan) qayd etilgan Moliya vazirligining funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi. Moliya vazirligi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • auditorlik tashkilotlari faoliyati sifatini tashqi nazorat qiladi;
  • auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini belgilangan tartibda o‘tkazadi (auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish funksiyasi chiqarib tashlandi).

Shuningdek quyidagi hujjatlarga ham o‘zgartirishlar kiritildi:

  • Prezidentning 26.08.2019 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5787-son Farmoni;
  • Prezidentning 1.07.2019 yildagi «Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4381-son qarori;
  • Prezidentning 23.07.2019 yildagi «Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4400-son qarori va boshqalar.
Ko‘proq yangiliklar: