Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi

Fan-texnika 00:38 / 30.07.2021 65388

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avloddagi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi. Motor1 nashrining xabar berishicha, avtomobil maksimal darajadagi himoya bilan ta'minlangan.

Avtomobil konstruksiyasi nafaqat haydovchi va yo‘lovchilarni Kalashnikov avtomatidan uzilgan o‘qlardan himoyalaydi, balki zirhni teshib o‘tuvchi o‘qlarga, jumladan Dragunov snayperlik miltig‘idan uzilgan o‘qlarga ham bardosh bera oladi.

Zirhlangan sedan 10 sm qalinlikdagi oynalar va yorilgandan keyin yana 30 kmgacha yo‘l bosib o‘ta oladigan run-flat texnologiyasiga ega Michelin PAX shinalari bilan jihozlangan. Mashina, shuningdek, favqulodda vaziyatda salonga kislorod berib turuvchi kislorod baki bilan ta'minlangan.

Avtomobil 6 litrli 612 ot kuchiga ega dvigatelda harakatlanadi. Uning maksimal tezligi 190 km/soat bilan cheklangan.

Mashina Yevropa bozorida 547,4 ming yevrodan taklif etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: