Jizzaxda jinoiy ishda ayblanayotgan bank mutasaddisiga yengil jazo chiqartirib berishini aytib, 11 200 dollar olgan advokat ushlandi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan bank mutasaddisiga yengil jazo chiqartirib berishini aytib, undan 11 200 dollar olgan advokat ushlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Mikrokreditbank» ATB Jizzax viloyati Do‘stlik tumani filiali mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ayblanayotgan fuqaro Sh.M.ning advokati N.P. mijozidan unga Do‘stlik tuman sudidagi tanishlari orqali yengil jazo turini qo‘llashni va'da qilib, 11 200 AQSh dollari olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Olib borilgan surishtiruvlar davomida advokat N.P. fuqaro Sh.M.dan jami 11 200 dollar olib, shundan 1 200 dollarni sud va tibbiy ekspertiza viloyat bo‘linmasi xodimiga, 10 000 dollarni tuman sudidagi tanishlariga berishni rejalashtirganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida to‘plangan materiallar asosida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan N.P. va uning jinoiy sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 25, 211 va 210-moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergov jarayonida advokat N.P.ga Jinoyat kodeksining 28, 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan bo‘lib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ta'kidlanishicha, jinoyat ishining N.P.ning jinoiy sheriklariga tegishli qismi alohida ajratib olinib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda. Hozirda mazkur jinoyat ishi sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:08 / 26.03.2025
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi

12:04 / 19.03.2025