Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy shaharlaridan birida ikkinchi va uchinchi farzand uchun pul to‘lanadigan bo‘ldi

Foto: reuters.com
Xitoyning Sichuan provinsiyasi, Panchjixua shahri ma'muriyati mamlakatda birinchi bo‘lib ikkinchi va uchinchi farzand uchun yordam puli to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.
Oilalarga ikkinchi va uchinchi farzand uchun bola 3 yoshgacha to‘lguncha oyiga 500 yuan (78 dollar) miqdorida yordam puli to‘lanadi. Shuningdek, ikkinchi yoki uchinchi farzandga homilador ayollar bepul parvarishlanadi. Shuningdek, mahalliy ish beruvchilarga tug‘uruqni rag‘batlantirish tavsiya etilgan.
Ushbu chora Xitoyda tug‘ish darajasi pasayib ketgani bilan bog‘langan. Hukumat tug‘ish darajasi pastligi ortida mehnatga layoqatli aholi kamayib ketishi va buning natijasida iqtisodiyot pasayishidan xavotirlanmoqda.
“Biz turmush sifatini yaxshilashimiz, bolalarni parvarishlashning inklyuziv tizimini yaratishimiz hamda oilani rejalashtirish siyosatiga muvofiq iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni ta'minlashimiz lozim”, deb aytgan avvalroq Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan.
Avvalroq Xitoyda tug‘uruqni rag‘batlantirish maqsadida uchinchi farzand ko‘rganlik uchun jarima va boshqa cheklovlar bekor qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 19.06.2025
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025