Instagram o‘smirlarni himoya qilish choralarini kuchaytiradi

Fan-texnika 22:06 / 27.07.2021 44881

Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘smirlarni himoya qilish choralarini, jumladan, reklamani va kattalarning ular bilan muloqot qilishini cheklash hisobiga kuchaytiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq blogida xabar qilindi.

Endilikda 16 yoshgacha bo‘lgan barcha foydalanuvchilarning akkauntlari yopiq holda bo‘ladi, deyiladi Instagram blogida.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ining ommaviy siyosat bo‘yicha mas'ul xodimi Karina Nyutonning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar ijtimoiy tarmoqdagi ochiqlikka tayyor bo‘lmasliklari sababli ushbu qaror qabul qilingan.

Uning aytishicha, o‘smirlar o‘z akkauntlarini ochiq holatga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo Instagram o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, ularning 80 foizi akkauntlarini yopiq holda qoldirishni ma'qul ko‘radi.

Rejalashtirilgan o‘zgarishlardan yana biri reklama beruvchilar va katta yoshli foydalanuvchilarning o‘smirlar akkauntiga kirishi cheklanishidir. Reklama beruvchilar go‘zallik, fitnes va alkogol mahsulotlarini 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif eta olmaydi. 

Qayd etilishicha, o‘zgarishlar shu haftadan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: