Ilhom Muxtorov: “Tizimda korrupsiyaviy xatar eng yuqori nuqtalar – bojxona postlari”
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov tizimdagi islohotlardan so‘ng ham korrupsiya riski saqlanib qolayotgan nuqtalarni aytib o‘tdi.
“Korrupsiya bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng xavfli nuqta – bojxona posti. Bojxona postida yuklarni chiqarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar bor. Shu qarorlarni qabul qilishda inson omili bor.
Nega? Chunki hamma narsani raqamlashtirishning imkoniyati yo‘q. Baribir qaysidir jarayonda inson omili qoladi.
Aytib o‘tganimdek, bojxona postlarida yuklarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarda korrupsion xavflar yuqori. Bu – birinchisi, ya'ni ichki bojxona postlari.
Chegara bojxona postlarida ham korrupsiya holatlari bo‘lish ehtimoli katta. Yaqinda bo‘lgan bir misolni aytib o‘taman.
Chegarada dizel mashinasini benzin mashinasi qilib, fiksatsiya qilish holati bo‘lgan. Lekin biz xavfni boshqarish tizimi orqali aniqlab, respublikaning ichida to‘g‘rilab qo‘ydik. Bu ham bir holat. Agar o‘sha joyda bu tizimlar bo‘lmasa, inspektor chiqargan qaror bilan yuk o‘tib ketishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tgan nuqtalarda korrupsion xavflar yuqori”, – dedi Ilhom Muxtorov 26 iyul kungi matbuot anjumanida.
Mavzuga oid

14:04 / 05.03.2025
Prezident amaldorlarning hashamat va dabdabaga intilishini korrupsiyaning ildizi deb atadi

13:43 / 05.03.2025
Prezident advokatlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

12:07 / 05.03.2025