Afg‘oniston mudofaa vazirligi toliblarga qarshi operatsiyalar boshlanishini ma'lum qildi
Mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Bismilloh Xon Muhammadiy tez orada "Tolibon" jangarilari egallab olgan barcha tumanlar qaytarib olinishiga va'da berdi.

Yaqin vaqt ichida Afg‘oniston armiyasi “Tolibon” harakati egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiya boshlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Bismilloh Xon Muhammadiy ma'lum qildi.
"Qarshi hujum qilish uchun kuchlarimizni tayyorladik va ular qator tumanlarni ozod qildi. Toliblar faollashdi, ammo hukumat kuchlariga qarshilik ko‘rsatolmadi. Yaqin vaqt ichida toliblar egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiyalar boshlanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.
Muhammadiy tez orada "Tolibon" jangarilari egallab olgan barcha tumanlar qaytarib olinishiga va'da berdi.
O‘z navbatida, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib "Tolibon"ning vaqtinchalik muvaffaqiyati NATO qo‘shinlari olib chiqib ketilishi tufayli paydo bo‘lgan bo‘shliq oqibati ekanligini aytdi.
"Biz o‘z vaqtida qurol-yarog‘ yetkaza olmagan tumanlar boy berildi. Toliblar yaqinda charchaydi, bu esa ularni muzokaralarda muloqot boshlashga majbur qiladi", - dedi u.
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025