Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi

Jahon 14:45 / 24.07.2021 7673

Angliya jamoat sog‘lig‘ini saqlash agentligi (PHE) mutaxassislari koronavirusning yangi mutatsiyasini aniqladi. Unga B.1.621 nomi berildi, deb xabar qildi The Mirror.

Ma'lumot berilishicha, mamlakatda bugunga qadar yangi shtamm bilan zararlanish bo‘yicha 16ta holat qayd etilgan. Ularning barchasi xorijga safar qilib qaytganlar bilan bog‘liq, deb yozadi nashr.

Hozirda mutaxassislar yangi mutatsiyaning virus xususiyatiga qanday ta'sir qilishini o‘rganish borasida laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazmoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mutatsiya vaksina samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatishi hozircha noma'lum.

Dunyoda bugungi kunda koronavirusning "delta" shtammi eng ko‘p tarqalgan.

Ko‘proq yangiliklar: