Buxoroda fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berilgani aniqlandi

Olot tumani davlat arxivi mas'ul shaxslari fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalari yozib bergani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan tuman davlat arxivida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida tuman davlat arxivi mas'ul shaxslari 11 ta holatda fuqarolarga yer maydoni ajratilgani to‘g‘risida soxta arxiv ko‘chirmalari yozib bergani aniqlangan. Buning oqibatida fuqarolar tomonidan soxta ko‘chirmalar davlat xizmatlari markaziga taqdim qilinib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 1,65 ga yer maydoniga qurilgan uy-joylarga asossiz mulk huquqi e'tirof etilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 600 dollar evaziga fuqaroga soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr xodimi ushlangandi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025