Zangiota tumanida universitet ochiladi

O‘zbekiston 16:40 / 22.07.2021 8927

Zangiota tumanida joylashgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Universitet faoliyati, o‘quv-uslubiy boshqaruvi, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalari, fan va texnologiyalarning eng yangi yutuqlaridan foydalangan holda xodimlar tayyorlashning umume'tirof etilgan xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorda ta'lim berish pullik-kontrakt asosida bo‘lib, kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy ta'lim shaklida ingliz va boshqa tillarda oliygoh hamda hamkor universitetlarda qabul qilingan ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlariga ko‘ra amalga oshirish belgilangan.

Universitetga qabul 2022-2023 o‘quv yilida boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: