Xorazmda bojxonachilar qadimiy tanganing noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yishdi

O‘zbekiston 15:03 / 22.07.2021 1174

Jumladan, «Urganch xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro S.R. o‘zi bilan 1724 yilda zarb etilgan qadimiy va 1970 yilda zarb etilgan tarixiy tangalarni olib ketishga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi.

Qadimiy tangalar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi va Xivadagi «Ichon qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi tasarrufiga topshirildi.

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida»gi 131-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilning 6 oyi davomida «Urganch xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 7 ta holatda 18 dona qadimiy tanga va ordenlarning respublikamiz hududidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: