Toshkentning qator hududlarida qariyb 2 kun suv bo‘lmaydi

O‘zbekiston 09:38 / 22.07.2021 12724

Toshkent viloyati Qibray tumani «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida D-1400 mm L-475 m, Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida D-1000 mm L-370 m va Qipchoq ko‘chasida D-600 mm L-200 m ichimlik suv quvurlarini ko‘chirish jarayonida 23 iyul kuni soat 09:00dan 24 iyul kuni soat 21:00 gacha suv ta'minotida uzilishlar kuzatiladigan manzillar ro‘yxati:

1. Suv ta'minoti to‘xtatiladi: 

– Yashnobod tumani bo‘yicha: «Katta Olmos», «Iqbol», «O‘rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo‘yliq», «Qo‘yliq Obod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo‘rg‘on», «Bexizor» mahallalari, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida.

– Bektemir tumani bo‘yicha: «Abay», «Bektemir», «Oltintopgan», «Husayn Bayqaro», «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalari, Porloq ko‘chasi, Suvsoz dahasi -1, 2- mavzelarida. Vodnik qozonxonasi. 

– Mirobod tumani bo‘yicha: «Qo‘yliq ota», «Barotxo‘ja», «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo‘yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida, Qo‘yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalarida, Fayziobod, Bilimdon ko‘chalari, “Hayot” va “Daniyel Xil” mehmonxonalarida. 6-qozonxonasi. 
 
– Sergeli tumani bo‘yicha: «Qo‘shqo‘rg‘on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor»,  «Madaniyat», «Shukur Burhonov» mahallalarida. 6-qozonxonasi. 
      
– Yangihayot tumani bo‘yicha: «Olchazor», «Chorog‘on», «Do‘stlik», «Yorqin» mahallalarida, tuman prokuraturasida. 

2. Suv bosimi kamayadi: 

- Sergeli tumani bo‘yicha:  «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So‘g‘diyona», «Daryo bo‘yi», «No‘g‘ay Qo‘rg‘on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», «Yo‘ldosh», «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», «Habibiy», «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», «Marxamat» mahallalarida. 
– Musaffo obi hayot MChJ hududi bo‘yicha:
– Qibray tumani bo‘yicha: «Chingeldi», «Do‘stlik», «Jarboshi», «Toshisti», «Ibrat»,  «Arg‘in», «Mirishkor».
– Zangiota tumani bo‘yicha: «Beruniy», «Qorasuv», «Xonobod»,   «Qushbegi», «Istiqlol», «Nomdanak», «Taraqqiyot», «Xonobodtepa». 

Ko‘proq yangiliklar: