Farg‘onaning sobiq hokimi viloyat Xalq qabulxonasiga rahbar etib tayinlandi

O‘zbekiston 17:49 / 22.07.2021 14395

Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi vakillari hamda shahar-tumanlar xalq qabulxonalari rahbarlari ishtirokida o‘tgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev tomonidan ushbu tayinlov o‘qib eshittirilgan.

Abduhoshim Abdullayev 1950 yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

1972–1990 yillarda Farg‘ona yog‘-moy kombinatida, Farg‘ona «Azot» ishlab chiqarish birlashmasida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 1990–1991 yillarda Farg‘ona shahar partiya qo‘mitasi taftish komissiyasi raisi bo‘lgan. 1991–1992 yillarda O‘zXDP Farg‘ona shahar kengashi birinchi kotibi bo‘lib ishlagan. 1992–1994 yillarda Farg‘ona «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, 1994 yilda O‘zbekiston kimyo sanoati uyushmasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, 1994–2005 yillarda birlashma bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh direktori lavozimlarida mehnat qilgan.

Abdullayev 2005–2006 yillarda Marg‘ilon shahar hokimi, 2006–2008 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan, 2017–2019 yillarda «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisi bo‘lgan va 2019 yil fevralida pensiyaga chiqqandi.

U 2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: