Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

O‘zbekiston 09:13 / 22.07.2021 4797

Bugun, 22 iyul kuni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni bo‘lib, 22 iyul kuni soat 23:59da abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz sayti va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z ma'lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

“Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini hamda ta'lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e'tiborli bo‘lishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi Yagona portal xabarida.

Avvalroq, O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: