Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki uch oyida xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidan MDH davlatlariga pul o‘tkazmalari hajmi o‘rtacha 13 foizdan kamaygan.
Davom etayotgan pandemiya va ma'lum karantin cheklovlariga qaramay, O‘zbekiston pul o‘tkazmalari ko‘paygan yagona davlatga aylandi. Joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Rossiyadan 680 million dollarga yaqin mablag‘ jo‘natgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga ko‘p.
MDHning boshqa barcha mamlakatlari turli darajada pul o‘tkazmalari dinamikasi pasayishini namoyon qilgan.
Pul o‘tkazmalarining yuqori darajada pasayishini Turkmanistonda - 87,5 foiz (0,1 million dollar), Moldovada - 50,6 foiz (44,8 million dollar) va Tojikistonda - 37,3 foizgacha (224,9 million dollar) kuzatish mumkin. Migrantlar Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorusiya va Armanistonga kam pul jo‘natishni boshlagan.
O‘zbekiston pul o‘tkazmalarining ijobiy dinamikasini namoyish etgan yagona xorijiy davlatga aylandi. Yil davomida respublikaga transfertlar 12,4 foizga – 680,4 million dollarga o‘sdi.
Ekspertlar pul o‘tkazmalari hajmi oshishi mamlakatdan kelgan mehnat muhojirlari soni bilan bog‘liqligini ham ta'kidlashadi. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvaridan martigacha migratsiya uchun respublikaning 638 ming fuqarosi ro‘yxatga olingan – bu barcha mamlakatlar orasida rekord ko‘rsatkich.
O‘zbekistondan keyingi o‘rinni Tojikiston egallaydi – 393 ming kishi. Biroq, 2020 yilning birinchi choragida joriy yilga nisbatan ko‘proq , ya'ni 1,060 million O‘zbekiston fuqarosi ro‘yxatga olingan.