Xitoyda oilalarga uch nafargacha farzandli bo‘lishga ruxsat berildi
Xitoyda mehnatga layoqatli aholi soni jadal sur'atlarda kamayib bormoqda, keksa yoshlilar ulushi esa o‘sib bormoqda.

Foto: Yu Jing/China News Service via Getty Images
Xitoy hukumati demografik siyosatni yaxshilash doirasida oilalarga uch nafargacha farzandli bo‘lishga ruxsat berdi, deb yozadi China Daily.
Ma'lumot berilishicha, 26 iyun kuni Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasi va XXR davlat kengashi ana shunday qaror qabul qilgan.
Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Xitoy hukumati tug‘ilish bilan bog‘liq cheklovlarni yengillashtirish, 2025 yilga borib esa butunlay bekor qilish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, bu choralar mamlakat iqtisodiyoti o‘sishini tezlashtirishga va ayniqsa, shimoli-sharqiy provinsiyalarda aholi sonini oshirishga yordam beradi.
Xitoyda mehnatga layoqatli aholi soni jadal sur'atlarda kamayib bormoqda, keksa yoshlilar ulushi esa o‘sib bormoqda.
Xitoyda 1979 yilda "bir oila – bir bola" qoidasi qabul qilingandi. 2015 yilda esa oilalarga ikki farzandli bo‘lishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

16:41 / 08.03.2025