OPEC+ davlatlarining neftga oid kelishuvi: unda nimalar nazarda tutilgan?
18 iyulda OPEC+ tashkilotiga kiruvchi davlatlar vazirlari onlayn formatdagi anjumanda avgustdan boshlab joriy yil oxirigacha neft hajmini kuniga 0,4 mln barrelga ko‘tarishga kelishib olishdi.
Kelishuvga ko‘ra, 2022 yil uchun ham shu miqdor saqlanib qolishi ko‘zda tutilmoqda. OPEC+ davlatlari mas'ullari kelishuvga yil so‘ngiga qadar neft uchun soatiga 2 mln barrel miqdorda neft qazib olish bandini kiritdi.
Shu bilan birga, 2022 yilning may oyidan boshlab neft ishlab chiqarish miqdori chegaralangan kvotaga ega davlatlar balansiga ham o‘zgartirish kiritiladi.
OPEC+ alohida davlatlar uchun neft olish hajmining yangi me'yorlarini o‘rnatdi.
Unga ko‘ra:
- Rossiya va Saudiya Arabistoni uchun — 11 dan 11,5 mln b/s gacha;
- BAA uchun 3,17 dan 3,5 mln b/s gacha; – Iroq uchun 4,65 dan 4,8 mln b/s gacha;
- Quvayt uchun 2,8 dan 2,96 mln b/s gacha.
Kelishuv jahon bozorida neft narxiga qanday ta'sir qildi?
OPEC+ ning avgust oyidan boshlab neft qazib chiqarish qo‘shimcha hajmi 5,8 mln barrelga yetguncha kuniga 0,4 mln barreldan oshirib borish qaroridan keyin brent tipidagi neft narxi 6 foizdan ko‘proqqa, ya'ni 68 dollargacha arzonlashdi.
Dushanba kuni ertalab tahlilchilar va sinoptiklar bu kelishuv Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi 2020 yil martdagi narxlar urushi uslubidagi muzokaralar neft narxidagi pasayishning oldini oldi, deb hisoblashdi.
Dushanba kuni neft narxi keskin tushib ketgan bo‘lsa-da, kelishuv neft bozori uchun ijobiy hisoblanadi, chunki OPEC+ har oy taklifni 400 ming baravarga oshirishga kafolat beradi va har oy kelishuv asoslarini ko‘rib chiqadi.
Oilprice.com tahlilchilari neft ta'minotini oylik oshirib borish neft narxi ko‘tarilishining oldini oladi, bu esa neftga bo‘lgan talabni qisman kamaytirishi va inflatsiyani tezlashtirishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Favqulodda yangilik bo‘lgan kelishuv tufayli neft narxi dushanba kuni 6 foizga tushib ketdi.
Neft bozori analitiklari bu o‘zgarishlarni vaqtinchalik, deb hisoblashmoqda, bu yuqori narxlardan foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan asosiy kompaniyalarda o‘z mavqelarini oshirib olish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Tahlilchilar o‘tgan yili emlash samaradorligini e'lon qilish bilan boshlangan iqtisodiy tiklanish davom etishiga ishongan investorlar so‘nggi ikki hafta ichida neftni 20 foiz foyda bilan sotib olish imkoniyati sifatida ko‘rishlari kerakligini ta'kidlamoqda.
O‘zbekiston uchun bu nimani anglatadi: benzin narxi arzonlashi mumkinmi?
O‘tgan hafta oxirida birja savdolarida 80 markali benzin narxi 1,5 foizga qimmatlab, bir tonnasi 7 mln 168 ming so‘mdan sotildi. O‘tgan oyning shu davrida benzin birja savdolarida 6 mln 999 ming so‘mdan sotilib, bir oyda narx birjada 6,3 foizga qimmatlagan.
Davlat statistika qo‘mitasi, yil boshidan buyon benzin narxi 17 foizga, iyun oyida 2,5 foizga qimmatlaganini ma'lum qildi.
O‘zbekistonda benzin narxining o‘sishi asosan jahon bozoridagi holatga bog‘liq. May oyida O‘zbekistonda benzin narxining oshishi sezilarli tezlashgan edi va bu jahon bozorida narxlar qimmatlaganiga bog‘liqligi ko‘rildi.
OPEC+ davlatlarining yakshanba kungi kelishuvidan so‘ng jahon bozorida brent tipiga kiruvchi neft 6 foizga arzonlanganini hisobga olsak, 80 markali neft narxi ham arzonlashini prognoz qilish mumkin.
Buni o‘tgan yilgi raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, 2019 yil dekabrda jahon bozorida brent neftning narxi 65 dollar, O‘zbekistonda AI-80 benzini esa 4500 so‘m (0,47 dollar) edi. Pandemiya davrida esa brent neftning narxi ikki barobar arzonlashi (30 dollar) natijasida, AI-80 benzini narxida ham tushish kuzatildi (4000 so‘m). 2020 yil oxirida narx yana ko‘tarildi. Brent – 47 dollar. AI-80 – 5000 so‘m (0,48 dollar).
Rasmiy statistika O‘zbekistonda import benzinga bog‘liqlik yuqoriligini ko‘rsatadi. May oyidagi tahlillarga ko‘ra, respublikada benzin ishlab chiqarish hajmi 3 foizga ko‘paygan paytda, benzin importi keskin oshgan.
Statistika qo‘mitasi Kun.uz so‘roviga javoban, 2021 yilning 4 oyidagi benzin importiga oid raqamlarni e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, joriy yilning 4 oyida (207,5 mln litr) o‘tgan yilning 9 oyiga (90,1 mln litr) nisbatan 2 barobar ko‘proq benzin import qilingan. Statqo‘m yarim yillik benzin importiga oid ma'lumotlarni esa ochiqlamagan.