Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli faqat podshohlikda istiqomat qiluvchi ko‘pi bilan 60 ming kishiga haj ziyoratini amalga oshirish uchun ruxsat bergan.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari vazirligi islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin bo‘lishini bildirgan.
Podshohlik xuddi o‘tgan yildagi kabi chet ellik ziyoratchilarni qabul qilmaydi.
Bu yil Haj ziyorati 17–22 iyul kunlari amalga oshiriladi.
Saudiya Arabistoni 2020 yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgan, o‘sha oy o‘rtalarida mamlakat hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat bergandi.
2019 yilda pandemiyadan avval Makkaga 2,5 mln kishi tashrif buyurgandi.