Xitoyda Sinopharm vaksinasini 3 yoshdan katta bolalar uchun qo‘llashga ruxsat berildi

Jahon 15:04 / 17.07.2021 5871

Xitoyda Sinopharm vaksinasini 3 yoshdan katta bolalar uchun favqulodda qo‘llashga ruxsat berildi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilinmoqda.

Sinopharm vaksinasi 7 mayda ma'qullangandi. U JSST tomonidan xavfsiz va samarali deb topilgan hamda dunyoning 45 mamlakatida qo‘llashga ruxsat berilgan.

JSST hisobotida aytilishicha, ayrim mamlakatlardagi sinovlarda vaksinaning samaradorligi 78,1 foizni tashkil etgan. 

Vaksina 18–59 yoshlilar guruhida samaradorlik ko‘rsatgani sababli JSST tomonidan ma'qullangan.

Ko‘proq yangiliklar: