Yoqimsiz hidni yo‘qotish uchun sinalgan tavsiya!

Jamiyat 16:05 / 16.07.2021 46670

Tashqarida havo isigan sari insonlar ham ko‘proq terlashni boshlaydi – bu esa organizmning tabiiy holati. Biroq bu holatga ko‘z yumib, noqulay ahvolda yurish yaramaydi.

Har kuni ish, uy yumushlari, tushlik, kechki ovqat – bularning bari bizdan katta quvvatni talab qiladi. Ayniqsa, muhim uchrashuvlar vaqtida siz doimo suhbatdoshingizda yoqimli taassurotlar qoldirishingiz kerak. Shu sababli, yozda  avvalambor, organizmni tetik tutishga va ortiqcha terlashdan himoyalanishga harakat qilishimiz kerak.

Terlashdan qutulishning imkoni bormi, deysizmi? Albatta, bor va bu juda oson. Bor-yo‘g‘i bir necha odatlarni bajarish kerak bo‘ladi.

Har kuni dush qabul qilish

Yoz kelishi bilan tongda hamda kechki vaqt dush qabul qilishga odatlaning. Bu nafaqat kun davomida ajralib chiqqan terni tozalashga, balki tanangiz tetik va mayin bo‘lishiga ham yordam beradi. Siz tanangizni qanchalik toza saqlasangiz, yoqimsiz terlash ehtimoli shunchaga kamayadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

Ha, ha, aynan taomlarni to‘g‘ri tanlab iste'mol qilish ham terlashga bevosita o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. O‘z taomnomangizga mevalar, pishloq, tvorog va tabiiy yogurtlarni qo‘shishga harakat qiling. Qaynoq, achchiq taomlar, sarimsoq, piyoz, karri va boshqa oziq-ovqatlar ham ko‘p ter ajralishi va badbo‘y hidga sabab bo‘ladi.

Qulay liboslar

Kiyimlarni tanlaganda ham doimo e'tiborli bo‘ling.  Sintetik matodan tikilgan liboslar havo o‘tkazmaydi va kuchli terlashga sabab bo‘ladi. Uning natijasida esa bakteriyalar rivojlanib, badbo‘y hid paydo bo‘ladi. Ayniqsa, yozda havo o‘tkazuvchi, paxtadan tayyorlangan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq. Hattoki, shifokorlar ham shuni tavsiya etadi!

Va albatta, antipersperant

Va nihoyat, ko‘pchilik tanlov jarayonida nazardan chetda qoldiruvchi terlashga qarshi vosita – antipersperant  ham terlashga qarshi kurashishda asosiy yordamchidir.

Sinalgan antipersperantni tavsiya etamiz: ECO DRY! U mutlaqo tabiiy tarkiblardan iborat bo‘lgan antiperspirant bo‘lib, uzoq muddat davomida sizni terlashdan saqlaydi. Siz har kuni doimiy qulaylikni his etasiz.

ECO DRY vositasi o‘zining universalligi bilan ajralib turadi: u erkaklar va ayollar uchun birdek ta'sir qiladi, shuningdek, organizmning barcha terlaydigan qismi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga mos keladi. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz albatta, yoqimsiz hid va kuchli terlashdan qutulishingiz mumkin.

Mahsulotni dorixonalardan topishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998 99 400 42 44 | +998 93 567 14 14

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: