Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda shifokorning ish vaqtida spirtli ichimlik iste'mol qilgani aytilgan hodisaga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanida tez tibbiy yordam mashinasida ishlovchi shifokor ish vaqtida pivo ichgani qayd etilgan video tarqaldi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi video yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, videodagi holatda tuman tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori Q.Jo‘rayev va tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi tasvirlangan. Shifokor ish vaqtida oshxonada haydovchi bilan uzoq vaqt ovqatlanib o‘tirgan va u ovqatlanayotgan stol ustida pivo idishlari turgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur vaziyat o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasi jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etilgan. O‘rganish jarayonida video tasvirga olingan 2021 yil 8 iyul kuni shifokor Q. Jo‘rayev bo‘limda navbatchi bo‘lgani qayd etilgan. Ammo uning xizmat paytida oshxonada spirtli ichimlik iste'mol qilganiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.
Shifokorning o‘zi pivo idishi undan avval shu stolda ovqatlangan mijozga tegishli bo‘lganini aytgan. Q.Jo‘rayevga navbatchilik paytida ovqatlanish shoxobchasida uzoq vaqt qolib ketgani sababli Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi berilgan. Bo‘limda tibbiy xizmat ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida
Jahon | 16:35
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
Mavzuga oid

08:10 / 09.08.2025
O‘zbekiston va BAA talabalar hamda shifokorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

23:58 / 05.08.2025
Ko‘kdala tumanida yana gaz to‘ldirish shoxobchasi portladi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

21:52 / 22.07.2025