Olimlar smartfonni barmoqlar orqali quvvatlash imkonini beradigan qurilma ixtiro qilishdi

Fan-texnika 17:05 / 15.07.2021 41657

Kaliforniya universiteti olimlari texnikani barmoq uchlari yordamida quvvatlash imkonini beradigan qurilma prototipini yaratishdi, deb xabar berdi The Science Times.

Qurilma tashqi ko‘rinishidan plastirga o‘xshaydi. Ushbu qurilma ishlashi uchun harakatlanish shartmas, u barmoq uchlarida o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan terni elektrga aylantira oladi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, barmoq uchlarida organizmdagi eng yuqori konsentratsiyadagi ter bezlari joylashgan bo‘lib, har bir barmoqda tananing boshqa qismlariga nisbatan 100 baravardan 1000 baravargacha ko‘proq ter ajralib chiqadi.

Elektr o‘tkazgichlar terni shimib oladi, elektrodlardagi fermentlar elektr ishlab chiqarish uchun kimyoviy reaksiya hosil qiladi. So‘ngra energiya kichik kondensatorga yig‘iladi va qurilmani quvvatlash uchun ishlatiladi.

Qurilma 10 soat davomida elektron qo‘l soatini 24 soatga quvvatlantirishga yetarli bo‘lgan 400 millijoul energiya to‘pladi. Bu faqat bitta barmoqdagi qurilma natijasi hisoblanadi. Olimlar kelgusida qurilma hajmini yanada oshirish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: