Samarqandda «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob qushlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Samarqandda «Qizil kitob»ga kiritilgan O‘rta Osiyo tosh qirg‘iyi bolalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 iyul kuni Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Samarqand shahrida olib borilgan kuzatuv reyd tadbirlari jarayonida Samarqand shahri «Mo‘liyon» MFYda yashovchi fuqaro I.A. noqonuniy tarzda noyob qushlar savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.
Jumladan, u hozirgi kunda «Qizil kitob»ga kiritilgan 4 dona O‘rta Osiyo tosh qirg‘iyi bolalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan va qushlarni sotmoqchi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025