Afg‘onistonning 80 nafarga yaqin fuqarosi Tojikistonga qochib o‘tdi
13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar ta'qibidan qochib Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.

«Tolibon» harakati jangarilaridan jon saqlash maqsadida 77 kishi Afg‘onistonning Vaxan uyezdidan Tojikiston hududiga qochib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar ta'qibidan qochib Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan. Ular Badaxshon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qishlog‘i fuqarolari hisoblanadi.
Tojikistonlik chegarachilar «insonparvarlik nuqtayi nazaridan» qochqinlarning mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat bergan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Afg‘oniston armiyasining mingdan ortiq harbiysi toliblar bilan janglardan chekinib, jon saqlash uchun Tojikiston hududiga qochib yashirinishga majbur bo‘ldi.
«Xovar» axborot agentligi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 5 iyulga o‘tar kechasi Tojikistonga chegara orqali 1037 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi kirgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bir kun oldinroq, 4 iyul kuni Tojikistonga yana 94 nafar afg‘on harbiysi qochib o‘tgandi.
Mavzuga oid

21:42 / 18.03.2025
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

23:00 / 10.03.2025