2021 yilning olti oyida yangi tashkil etilgan korxonalar 13 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 20:07 / 13.07.2021 10267

Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiy faoliyat turlari, sog‘likni saqlash va ijtimoiy sohada yangi tashkil etilgan korxonalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra:

- 2021 yilning 1 iyul holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 899 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi;

- Ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 844 tani tashkil etmoqda;

- O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (ushbu sohada) yangi tashkil etilgan korxonalar 9,2 foizga o‘sgan;

- Sog‘likni saqlash va ijtimoiy sohada eng ko‘p korxonalar Toshkent shahri (75 ta), Farg‘ona viloyati (103 ta), Samarqand viloyatida (87 ta) tashkil etilgan.

- Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar joriy yilning birinchi yarmida eng ko‘p savdo sohasida tashkil etilgan - 18 726 ta;

- Bundan tashqari, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 7 814 ta, qurilishda – 3 614 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3 345 ta, axborot va aloqada – 1 319 ta, tashish va saqlashda – 1 319 ta, boshqa sohalarda – 6 537 ta yangi korxonalar tashkil etilgan;

- 2021 yil yanvar-iyun oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 54 693 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga ko‘proq degani;

- Hududlar kesimida eng ko‘p tashkil etilgan yangi korxonalar Toshkent shahri ( 9 139 ta), Qashqadaryo  (6 637 ta) va Samarqand viloyati (5 260 ta)ga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: