«Tolibon» Eron bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi
«Tolibon» jangchilari Hirot viloyatidagi Eron va Turkmaniston bilan chegaradagi nazorat punktlarini o‘z nazoratiga olishdi.

Foto: Parwiz/Reuters
«Tolibon» vakillari Eron bilan chegaradagi Islom-Qal'a nazorat-o‘tkazish punktini egallaganini e'lon qilgan. Bu haqda TOLO news telekanali xabar bermoqda.
Biroq Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ushbu hudud ustidan hukumat nazorati yo‘qotilganini rad etmoqda.
Shuningdek, ayni paytda Tehronda «Tolibon» harakati va Afg‘oniston hukumat delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qo‘shma deklaratsiya imzolangan.
Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Muhammad Naim ma'lum qilgan.
Tomonlar urushni davom ettirish xavfi va uning mamlakatga yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Yakunda urush Afg‘oniston muammolarini hal qilmaydi, degan fikrga kelishgan va tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerakligi ta'kidlangan.
Muzokaralar davomida delegatlar tinch aholi o‘ldirilishi, maktablar, masjidlar va shifoxonalarga qilingan hujumlarni qoralagan va urushdan doimiy tinchlikka o‘tish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan. Bu imkon qadar tezroq amalga oshishi kerakligiga alohida urg‘u berilgan.
Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasiga sobiq vitse-prezident Yunus Qonuniy, toliblar guruhiga esa Qatardagi «Tolibon» siyosiy idorasi rahbari Abbos Stanekzay rahbarlik qilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi
Jahon | 13:55
-
«Spaydermen» qo‘l: MuhammadUmarning ushalgan orzusi haqida
O‘zbekiston | 13:55
-
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
Jamiyat | 13:43
-
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

23:39 / 03.07.2025
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi

18:33 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi

15:39 / 29.06.2025