Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Qandahorda toliblar hujumini to‘xtatdi
Toliblar oxirgi sutkalarda Qandahor shahri atrofidagi o‘nga yaqin tumanni o‘z nazoratlariga olgandi.

Foto: Reuters
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari "Tolibon" harakati jangarilarining Qandahordagi hujumlarini to‘xtatdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.
Toliblar oxirgi sutkalarda Qandahor shahri atrofidagi o‘nga yaqin tumanni o‘z nazoratlariga olgandi. Juma kuni ular shahardagi yettinchi ma'muriy tumanga hujum qildi va ikkita blokpostni egalladi. To‘qnashuvlar davomida yuzga yaqin tolib o‘ldirilgan, tinch aholi orasida ham qurbonlar bor.
Telekanalning xabar berishicha, xavfsizlik kuchlari "Tolibon" jangarilarining shahar ichiga kirib kelishini to‘xtatgan. Qandahor shahri politsiyasi boshlig‘i Salim Ehsosning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat nazorat ostida.
Hukumat kuchlari yangi hujumlarni qaytarish va toliblarni siqib chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xabar qilinishicha, shaharga qo‘shimcha kuchlar yetib kelgan.
Shu bilan birga, mamlakatning boshqa viloyatlari, jumladan, Qunduz, Bog‘lon, Hirot, G‘azni viloyatlarida harbiy harakatlar davom etmoqda. Afg‘oniston mudofaa vazirligi Qunduz viloyatidagi Aliobod shahri toliblardan qaytarib olinganini ma'lum qildi.
Avvalroq toliblar Afg‘oniston-Eron chegarasidagi asosiy nazorat-o‘tkazuv punktini egallab olishgani, Turkmaniston bilan chegara hududida otishma ovozlari eshitilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:24 / 19.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025