Qashqadaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Nexia» haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 22:34 / 08.07.2021 1214

Ma'lum qilinishicha, 7 iyul kuni soat 6:30larda A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tuvchi 116-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Qarshi shahriga qarab harakatlanib borayotgan «Nexia» boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan. So‘ng mashina surilib borib, yuk mashinasi g‘ildiragiga urilgan. Oqibatda «Nexia» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Nexia» mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishiga yo‘l nosozligi sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: