Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anomal ob-havo sharoitida xodimlarga yengillik beriladi
Noqulay ob-havo sharoiti bo‘lganda xodimlarga muayyan yengilliklar berish bo‘yicha xorij tajribasi O‘zbekiston qonunchiligiga ham kiritilishi kutilmoqda.

“Iqlimi issiq davlatlarda ommaviy ogohlantirish berilganda qo‘llanadigan huquqiy hujjatlar mavjud. Bunday hujjat bizdayam shakllantirilyapti. Hozirda yangilanish va to‘ldirish ishlari olib borilyapti. Tegishli tartibda shakllantirilib, Adliya vazirligidan huquqiy xulosa olingan holda, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi”, – dedi “O‘zgidromet” rahbari o‘rinbosari Feruz Safarov 8 iyul kungi matbuot anjumanida.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrulla G‘afforov Mehnat kodeksining yangi tahririda noqulay ob-havo sharoiti yuzasidan yangi tartib-qoidalar kiritilayotganini aytdi.
“Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hozirda 2-o‘qishda tayyorlanayotgan Mehnat kodeksi bor. Bu kodeksda bevosita noqulay ob-havo sharoitida ishlash bilan bog‘liq normalar kiritilyapti. Anomal issiqlik holatlarida yengilliklar berilishi shu qonun bilan qamrab olinadi”, – deya deputatning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Kun.uz ayrim soha xodimlarining anomal issiqda mehnat qilayotganliklari, bunday noqulay sharoitda ishlash tartibiga qonunchilikda uzil-kesil oydinlik kiritilmagani haqida maqolalar e'lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

16:17 / 29.06.2022
Xodimlarga anomal issiqda kamroq vaqt ishlash huquqini berish kerak

14:13 / 23.07.2021
Navoiyda maktablar xodimlari shanbalikka chaqirildi. Boshqarma holatga munosabat bildirdi

13:11 / 22.07.2021
22 iyul – dam olish kuni. Mehnat vaziri bosh vazir yig‘ilishiga chaqirilgan, Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi videoselektor o‘tkazmoqda

18:27 / 09.07.2021