Portugaliyada koronavirusning 4-to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi

Jahon 21:30 / 06.07.2021 3503

Portugaliyada koronavirus pandemiyasining 4-to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Antoniu Koshta bayonotiga tayanib RTP teleradiotarmog‘i xabar berdi.

«Mamlakat ushbu og‘ir pandemiyaga qarshi kurashmoqda va biz hozirda uning 4-to‘lqiniga to‘qnash keldik. Bugun biz ushbu kurashdan chalg‘iy olmaymiz», deb aytgan Koshta.

Uning ta'kidlashicha, mamlakatda aholini emlash faol tarzda olib borilmoqda va u ba'zi qiyinchiliklarga qaramay yanada tezlashtiriladi.

«Biz emlash jarayonini tezlashtiramiz. Yaqin ikki haftada emlanadiganlar uchun ba'zi noqulayliklarga qaramay, biz odamlar xavfsizligini kuchaytirish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», deb aytgan Portugaliya bosh vaziri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi kunlarda Portugaliyada kunlik kasallanish holatlari soni 2 mingdan oshmoqda. Mamlakatda bunday yuqori ko‘rsatkichlar fevralda qayd qilingandi.

Ta'kidlanishicha, oxirgi sutkada aholiga 141,5 ming doza vaksina kiritilgan. Mamlakat aholisining 32 foizi to‘liq, 52 foizi esa vaksinaning bir dozasi bilan emlangan.

Ko‘proq yangiliklar: