«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada xavfsizlik ta'minlanishiga va'da berdi
Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasining 70 foizdan ko‘prog‘ini nazorat qilayotgan «Tolibon» harakati chegarada xavfsizlikni ta'minlashga va qo‘shni respublikadagi ishlarga aralashmaslikka va'da berdi. Bu haqda «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi va harakat o‘z nazoratiga yanada ko‘proq hududlarni olishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Foto: AP / Rahmat Gul
«Biz Tojikiston bilan chegaraning 70 foizdan ko‘prog‘ini egallab oldik. Bizda do‘stona davlat – Tojikiston bilan yaxshi munosabatlar bo‘ladi. Chegarada xavfsizlik o‘rnatiladi va hech qanday aralashuv bo‘lmaydi», deb aytgan Mujohid.
«Kecha Badaxshonning katta qismini egalladik va chegarada hukumat tomonida harakat qilganlar u yerdan qochdi. Natijada hudud bizning nazoratga o‘tdi. Ular bu hududlar ustidan nazoratni qo‘lga kirita olmaydi. Nazoratimizdagi hududlarda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam kuchlarimiz bor. Dastlab ular qarshilik ko‘rsata olishmadi, hozir esa umuman qo‘llaridan hech narsa kelmayapti. Yaxshisi, muloqot yo‘lidan borish, qolgan muammolarni esa muzokaralarda hal qilish lozim», deb qo‘shimcha qilgan «Tolibon» vakili.
«Mozori-Sharif toliblarga beriladimi-yo‘qmi, hozir ayta olmayman, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan u yerdagi elchixonalar, konsulxonalar va xorijiy diplomatlar xavfsizligi ta'minlanadi va ular uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi. Biz Mozori-Sharifda elchixonalari va konsulxonalari bor bo‘lgan davlatlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz, ular bizga ishonch bildirmoqda», deb aytgan Mujohid.
Uning ta'kidlashicha, Afg‘oniston hukumati Qatarda o‘tayotgan muzokaralarni jiddiy qabul qilmayapti va ular davom etishini xohlamayapti.
«Muzokara olib boruvchi guruhimiz Qatarda qolmoqda va biz ular [hukumat] kelib, gaplashishini kutmoqdamiz. Afsuski, ularning muzokara olib boruvchi guruhidan 4-5 kishigina muzokaralarda qatnashdi, qolgan qismi esa Kobulda yoki yana boshqa joyda qolmoqda va muzokaralarga kelmadi. Vaholanki, ular muzokaralarda ishtirok etishga bir necha marta va'da berishgandi, biroq kelishmadi. Muzokaralar esa 2-3 kun oldin boshlanib bo‘ldi», deb ta'kidlab o‘tgan «Tolibon» vakili.
Mujohidning aytishicha, toliblar Moskvada Afg‘onistonaro muzokaralar o‘tkazish taklifi tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorlar.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bormoqda. Toliblar qishloq joylaridagi katta hududlarni egallab oldi va hozirda yirik shaharlarga yurishni amalga oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ombori tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:32
-
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
O‘zbekiston | 15:19
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
Mavzuga oid

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

23:39 / 03.07.2025
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi

18:33 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi

15:39 / 29.06.2025