Toliblar bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi
Toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan.

5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati jangarilari bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib «Hovar» agentligi xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan.
Toliblar bilan janglar natijasida Afg‘oniston hukumatining 1037 nafar harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.
Ilgari Tojikiston hududiga o‘tgan harbiylarni qo‘shib hisoblaganda, mamlakatdagi afg‘onistonlik harbiylar soni 1500ga yaqinlashdi.
Avvalroq Tojikiston chegarachilari «Tolibon» harakati bilan janglardan so‘ng chekinishga majbur bo‘lgan 300 nafardan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini respublika hududiga kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:10
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:53
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

12:59
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

21:24 / 19.03.2025