Samarqandda katta tezlikda harakatlanib beton to‘siqqa urilgan «Spark» haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Jamiyat 21:24 / 05.07.2021 3631

Samarqand viloyati Toyloq tumanida katta tezlikda harakatlanib beton to‘siqqa urilgan «Spark» haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 5 iyul kuni tonggi soat 4:38larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Toyloq tumanidan o‘tgan 1082-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Samarqand tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Spark» mashinasida tez harakatlanib kelib, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Uning yonida kelayotgan yo‘lovchi Toyloq tumani Davlatobod mahallasida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan shaxs tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi belgilangan me'yordan oshiq tezlikda harakatlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: