Qashqadaryoda «Captiva» sotib olmoqchi bo‘lgan ayolning 250 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 12:53 / 05.07.2021 978

Qarshi shahrida «Captiva» sotib olmoqchi bo‘lgan ayolning 250 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi uy bekasi R.N. mashina sotib olish uchun pul yig‘gan. Bundan xabar topgan Qarshi tumani «O‘zbekiston mustaqilligi» MFYda yashovchi A.Sh. va «Batosh» MFYda yashovchi O.Sh. va Qarshi shahar «Qarliqbog‘ot» MFYda yashovchi D.S. 2020 yil 11 iyun kuni «Captiva» mashinasini sotish uchun uning uyiga borishgan.

Qayd etilishicha, R.N. ularning va'dalariga ishonib, «Captiva» mashinasini sotib olish uchun 250 million so‘m pullarni bergan. Oradan bir necha kun o‘tib, «Captiva»ni o‘z nomiga o‘tkazib olmoqchi bo‘lganida mashina taqiqda ekani ma'lum bo‘lgan.

Jabrlanuvchi R.N. yuqoridagi uch shaxsga mashinani qaytarib bergan. Ammo o‘z pullarini qaytarib ololmagan. Shundan so‘ng bu haqda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga pullarni olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: