Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatda Tojikistonga yordam berishni va'da qildi
Rossiya va Tojikiston prezidentlari Vladimir Putin va Imomali Rahmon telefon suhbati o‘tkazib, tojik-afg‘on chegarasidagi murakkab vaziyatni muhokama qilishdi. Suhbat davomida Putin Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatda Tojikistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

“Tojik-afg‘on chegarasidagi murakkab vaziyat batafsil muhokama qilindi. Vladimir Putin ham ikki tomonlama munosabatlar, ham Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida Tojikistonga zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi”, deb aytilgan xabarda.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva rasmiy Kobul bilan Afg‘onistonga qo‘shinlar olib kirish masalasini muhokama qilmayotganini ma'lum qilgan.
Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati 4 iyuldan 5 iyulga o‘tar kechasi “Tolibon” jangarilari hujumi ostida Tojikiston hududiga mingdan ko‘proq afg‘on harbiysi o‘tganini ma'lum qilgan.
Toliblar 5 iyulga o‘tar kechasi Tojikiston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan Badahshon viloyatidagi bir nechta uyezd ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

14:43 / 08.08.2025
Afg‘oniston O‘zbekiston savdo uylarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

08:43 / 05.08.2025
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

07:51 / 21.07.2025